Mutaxassis koronavirusning dunyo bo‘ylab tarqalishi qachon tugashini aytdi

Koronavirusning dunyo bo‘ylab tarqalishi kamida joriy yilning iyun oyigacha davom etishi mumkin, deb taxmin qildi XXRning Sog‘liqni saqlash masalalari bo‘yicha davlat qo‘mitasi maxsus komissiya rahbari Chjun Nanshan.

“Taxminlarga ko‘ra, epidemiyaning dunyo bo‘ylab tarqalishi kamida iyun oyigacha davom etadi. Koronavirusga qarshi kurash uchun asosiy kuch kelgusida eksportdan (kasallik Xitoydan tarqala boshladi) importga o‘tishi mumkin”, deya ta’kidladi Chjun Nanshan “Shenmin shibao” nashriga bergan bayonotida.