Narpay tumanida sof quyma oltin sotayotgan shaxslar ushlandi
- 30.04.2024 16:38
- 144
- Jinoyat va jazo
Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXX viloyat boshqarmalari tomonidan Narpay tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqarolar Sh.G‘. va I.K. tarkibida tilla zarralari mavjud bo‘lgan qumlarni noqonuniy ravishda qazib olib, qayta ishlash orqali tanga shakliga keltirilgan sof quyma oltinni Z.I.ga 2 000 dollar va 180 mln. so‘mga sotgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Ekspertiza xulosasiga ko‘ra, ashyoviy dalil sifatida olingan moddaning og‘irligi 143,9 grammni tashkil qilib, tarkibida 99,5 foiz sof oltin va 0,06 foiz kumush mavjudligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- Kecha, 11:54
- Mutolaa