Navro‘z bayrami arafasida o‘zbekistonliklar necha kun dam olishadi?
- 18.03.2020 16:28
- 554
- O‘zbekiston

Joriy yilda Navro‘z bayrami shanba kunga to‘g‘ri keladi. Prezident Farmoniga binoan, 23 mart – dushanba kuni barcha xodimlarga qo‘shimcha dam olish kuni bo‘ladi.
Shunday qilib Navro‘z bayrami arafasida o‘zbekistonliklar 3 kun ketma-ket dam olishadi:
21 mart – shanba (Navro‘z bayrami);
22 mart – yakshanba (dam olish kuni);
23 mart – dushanba (qo‘shimcha dam olish kuni).
Huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyevning ma’lum qilishicha, karantin sababli yoki Navro‘z bayrami qoldirilganligi sababli 23 martdagi dam olish kuni bekor bo‘ldi, degan gaplar yolg‘on. Bu haqda hech qanday rasmiy hujjat qabul qilinmadi. Prezidentning 2019 yil 14 noyabrdagi farmoni hali ham o‘z kuchida turibdi.