Nega koronavirus bilan kasallangan ayrim bemorlarda hid, ta’m sezish yo‘qoladi, ayrimlarida yo‘qolmaydi?

- Nega bir xil COVID-19 bilan kasallangan bemorlarda hid va ta’mni sezish yo‘qoladi. Ayrim bemorlarda yo‘qolmaydi. Bu koronavirus infeksiyasimi yoki boshqa infeksiya belgilarimi?

Ushbu savolga Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a’zosi Nargiza Nurillayeva javob berdi:

- Olimlar tomonidan hid va ta’mni yo‘qolishi bu to‘laqonli COVID-19 kasalligining klassik simptomlari hisoblanishi isbotlangan, faqat ular hamma bemorlarda ham namoyon bo‘lmaydi.

Bu kuzatiladigan simptomlar COVID-19 yengil shaklida o‘tishi ehtimoli yuqoriligini bildiradi. Lekin shifokorga vaqtida murojaat qilish tavsiya etiladi.