Nega respublikamizda kasallik yengil o‘tyapti? Qariyb 80 foiz bemor kasallikdan tuzalayotganining sababi nimada?

— Koronavirus infeksiyasi asosan 80 foiz holatda yengil kechadi, 15 foiz holatda o‘rta og‘irlikda va faqat 3-5 foiz holatda og‘ir, ya’ni nafas yetishmovchiligi bilan kechadi, - deya ma’lum qildi Bosh davlat sanitariya inspektori Nurmat Otabekov AOKA shtabida bo‘lib o‘tgan brifingda.

Kasallikka chalinganlarni erta aniqlash ishlarining yo‘lga qo‘yilganligi kasallik kechishida ijobiy natijalarga erishish imkonini beryapti.

Biroq virusning kultural, morfologik, antigen, serologik xususiyatlari, virulentligi, patogenligi kabi masalalar hali ko‘plab o‘rganiladi. Shuning uchun aniq biror to‘xtamga kelishga hali erta.