Nigerdagi terroristik hujumda 137 kishi halok bo‘ldi

Mali chegarasi yaqinidagi Niger davlatining Taxua hududiga uyushtirilgan terroristik hujumdan halok bo‘lganlar soni 137 kishiga yetdi, deya xabar qildi mamlakat hukumati televideniyesi.

Niger Respublikasi Afrikaning Saxel mintaqasida joylashgan bo‘lib, terroristik harakatlar va noqonuniy migratsiya tufayli qit’adagi eng muammoli hududlardan biri sanaladi. Ayniqsa, Taxua mintaqasi mamlakatdagi Buyuk Sahro Islomiy davlat jangarilari va boshqa terroristik guruhlar eng faol bo‘lgan hududlardan biridir.

2014 yilda Fransiya ushbu mintaqada «Barxan» aksilterror operatsiyasini boshlagan.

Mamlakatda bugun, 23 martdan boshlab uch kunlik milliy motam e’lon qilindi.