Nima uchun ba’zi shifokorlar sovuq tavsiya etishadi?
Sovuq suvli dush qabul qilish nafaqat jismoniy holatni yaxshilab, immunitetni oshirishi, balki kayfiyatga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatishi aniqlandi.
Sovuq dush badanda qon aylanishini yaxshilaydi.
Asosiy ichki a’zolar haroratini tartibga solish, himoyalash va tana haroratini me’yorda saqlash uchun qon oqimini asosiy ichki organlarga yo‘naltiradi. Shuningdek, organizm ham refleksli ravishda miya va muhim organlarni yangi qon bilan ta’minlashga kirishadi, kapillyarlar tozalanadi. Bu bir vaqtning o‘zida tanani quvvatlantirib toksinlardan xalos etadi.
Sovuq dush qabul qilish bilan qanday natijalarga erishish mumkin?
Kayfiyat ko‘tarinki bo‘ladi, dofamin darajasi oshadi.
Diqqatni jamlash qobiliyati kuchayadi.
Asab tizimi mustahkamlanadi. Stress gormoni hisoblangan kortizol darajasi pasayadi. Depressiya xavfi kamayadi. Sovuq dush ruhiy tushkunlikka qarshi kurashuvchi ajoyib muolaja hisoblanadi. Muntazam sovuq dush qabul qilish depressiyani davolashda tibbiy antidepressant dori vositalariga qaraganda samaraliroq natijalarni ko‘rsatadi.
Organizmning yallig‘lanish jarayonlari susayadi. Yuz va tana terisi yosharadi.
Ortiqcha vazn bilan kurashish osonlashadi.
Sovuq dush vazn yo‘qotishga yordam beradi. Tadqiqotlarga ko‘ra, sovuq suv sog‘lom yog‘ hujayralari shakllanishiga yordam beradi, bu esa lipidlar - ortiqcha kaloriyalarni saqlaydigan, oshqozon va belda to‘planadigan zararli yog‘larni yo‘qotadi.
Sovuq suvli muolajalarni oz-ozdan boshlab, tanani chiniqtirib borish zarur. Agar kuniga bir necha marta ikki daqiqali sovuq dush qabul qilishni boshlasangiz, o‘zgarishlar o‘zini ko‘p kuttirib qo‘ymaydi. Bir haftadan so‘ng ijobiy ta’sirni his eta boshlaysiz.