Nurobodda xususiy davolash sihatgohi ochildi (foto)

Nurobod tumanida “Nurli-zamin ESM” xususiy davolash sihatgohi ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda tuman hokimi F.Zoirov ishtirok etib, sog‘liqni saqlash tizimida xususiy sektorning rolini oshirish, xususiy tibbiyot muassasalari faoliyatini rivojlantirish, aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish borasida amalga oshirilayotgan ishlar katta samara berayotganligini ta’kidladi.

98 o‘ringa mo‘ljallangan davolash sihatgohi qurilish ishariga 5 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ sarflangan. Sihatgoh suv bilan davolash, fizioterapiya, parafen, massaj, lazerli va sport terapiyasi bilan aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatadi.

Sihatgoh rahbari S.Qarshiyevning so‘zlariga ko‘ra, bugungi kunda 20 ta yangi ish o‘rinlari yaratilgan bo‘lib, tibbiy xizmatlar sohasining ortib borishi bilan ishchi o‘rinlarining ham kengayishi rejalashtirilgan.

Nurobod tumani hokimligi axborot xizmati.