Nutqdan pulni afzal ko‘rgan kirakash

Bir kuni Uinston Cherchill (O‘tgan asrning 40-yillaridagi Buyuk Britaniya bosh vaziri) Britaniya fuqarolariga nutq so‘zlash uchun radiostudiyaga oshiqayotgan edi. U radiostudiya joylashgan binoga taksida keldi. Taksichidan qaytishi uchun uni yarim soat kutishini so‘radi.

Cherchillni tanimagan taksi haydovchisi bugun Cherchill nutq so‘zlayotgani va uni tinglash uchun uyiga shoshilayotganini aytdi.

Bu Cherchillga yoqdi va u taksi haydovchisiga kelishilganidan ko‘proq pul to‘ladi. Taksi haydovchisi pulga, so‘ng yo‘lovchiga qaradi va dedi:

- E, nutqi boshidan qolsin, yaxshisi sizni kutaman.