OAV: AQShda koronavirusga chalinganlar soni mingdan oshib ketdi
- 11.03.2020 14:09
- 207
- Xorij

AQShda koronavirus bilan kasallanganlar soni ming nafardan oshdi. Bu haqida New York Times nashri federal va mahalliy hukumat hisob-kitoblariga tayanib xabar berdi.
Nashr xabariga ko‘ra, yangi turdagi virus mamlakatning 37 shtati bo‘ylab, shuningdek, poytaxtning Kolumbiya okrugida ham, jami 1004 nafar shaxsda aniqlangan. Ulardan kamida 31 nafar bemor vafot etgan.
Shu bilan birga, tahliliy hisob-kitob olib borayotgan Djons Xopkins universiteti kasallanganlar soni 971 nafar va vafot etganlar soni 28 nafar degan to‘xtamga keldi.
Kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazining (CDC) rasmiy ma’lumotiga ko‘ra, seshanba holatiga AQShda 700 dan ortiq kasallanganlar qayd etilgan.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Viloyat rahbari turkiyalik investorni qabul qildi
- 10 daqiqa avval
- Samarqand
Holvaning haqi
- Kecha, 17:41
- Mutolaa