Ob-havo: Bahor bahoriy nasim va yomg‘iri bilan boshlanadi
- 01.03.2019 08:00
- 202
- Samarqand

Ha, shunday. Fasllar kelinchagi bahor qalblarga bir olam quvonch olib kelish barobarida ko‘klamona harorat bilan kirib keldi.
Buni Samarqand viloyat gidrometeorologiya boshqarmasi bergan ma’lumotda ham yaqqol ko‘rish mumkin.
Unga ko‘ra, bahorning ilk kuni viloyat hududida havo o‘zgaruvchan bo‘lib, qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi. Yengil shamol esadi. Harorat kechasi 3-8 daraja, kunduzi 13-18 daraja iliq bo‘ladi.
2 va 3 mart kunlari ayrim joylarda kuchsiz yomg‘ir yog‘ib, g‘arbdan 7-12 metr/soniya tezlikda shamol esadi. Harorat kechasi 3-8 daraja iliq, kunduzi 10-15 daraja iliq bo‘ladi.
Teglar:
ob-havo
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Madaniy muxtoriyatdan siyosiy muxtoriyat sari
- 58 daqiqa avval
- Maslahat
Mutolaa: KO‘NGIL. Hikoya
- 1 soat avval
- Mutolaa
Bo‘lgan voqea: Qaldirg‘och keldi
- 1 soat avval
- Mutolaa