Ob-havo ma’lumotlari qanchalik ishonchli?
Ob-havo prognozlari ishonchliligi – bir sutkalik prognoz — 92 foizgacha aniqlikka ega, 2-3 sutkalik 90 foiz, 4-5 sutkalik 88 foiz, shtorm ogohlantirishlarning oqlanish darajasi esa 90 foizni tashkil etadi.
“Oila va tabiat”ning yozishicha, “O‘zgidromet” monitoring jarayonida zamonaviy kuzatish texnologiyalari sun’iy yo‘ldoshdan olingan ma’lumotlar, yer usti monitoringi va xavfli gidrometeorologik hodisalar axborot tizimidan foydalanadi.
Xavfli gidrometeorologik hodisaning namoyon bo‘lishiga qarab, tegishli vazirlik va idoralarga ogohlantirish yetkaziladi.
“O‘zgidromet”ning uzoq muddatli ob-havo prognoz bo‘limi mutaxassislari ma’lumotiga ko‘ra, joriy yilning noyabrida o‘rtacha oylik havo harorati me’yor atrofida bo‘lishi kutulib, 3-10 daraja iliqni ko‘rsatadi.
Sovuq havo to‘lqinlari kuzatilganda harorat kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 7-12 daraja iliq bo‘ladi.
Dekabr oyida sovuq havo to‘lqinlari kuzatilganda harorat kechasi 5-10 daraja sovuq, kunduzi 3 daraja sovuq va 2 daraja iliq bo‘lishi, iliq havo oqimi kirib kelganda harorat 12-17 darajagacha ko‘tarilishi kuzatiladi.