“Obod mahalla” dasturi asosida maktablar obod bo‘lyapti
- 11.11.2019 15:07
- 158
- Samarqand
“Obod qishloq”, “Obod mahalla” davlat dasturlari doirasida bugun shahar va qishloqlarda keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari amalga oshirilmoqda. Shu bilan birgalikda, hududlardagi ijtimoiy soha ob’yektlari, jumladan, umumta’lim maktablarida ham tubdan rekonstruksiya ishlari olib borilib, ta’lim-tarbiya jarayonlarining samaradorligi oshishiga sharoitlar yaratilmoqda.
Samarqand shahridagi So‘lim qo‘rg‘onida “Obod mahalla” davlat dasturi doirasida amalga oshirilgan qurilish-ta’mirlash ishlari ham shular jumlasidandir. Dastur doirasida hududdagi 36-umumta’lim maktabida 300 o‘rinli yangi qo‘shimcha o‘quv binosi qurilib foydalanishga topshirilish arafasida. Bundan tashqari, maktabning eski binolarida keng ko‘lamli ta’mirlash ishlari olib borildi.
Quyida maktabning avvalgi va hozirgi holati aks etgan suratlarni e’tiboringizga havola etamiz.
Samarqand viloyati xalq ta’limi boshqarmasi axborot xizmati.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Samarqandda “smart avtobekat”lar o‘rnatiladimi?
- Kecha, 18:17
- Samarqand
Shafqatsiz hayvonlar
- Kecha, 18:07
- O'qing, qiziq!
Hayot tuprog‘iga qorishgan oltin
- Kecha, 16:05
- Mutolaa
Yonimizdagi soxta mehribonlar
- Kecha, 16:05
- Mutolaa