Odam “qishki uyqu”ga ketishi mumkinmi?

17 yoshida u samolyot halokatidan so‘ng tirik qolgan yagona yo‘lovchi bo‘lib chiqdi.

1985 yilning 21 yanvarida Jorj Lamson Galaxy Airlines aviakompaniyasi samolyotida halokatga uchradi. Manzilga 2,4 kilometr masofa qolganda samolyotda yong‘in sodir bo‘ldi.

Samolyot bortida 71 nafar yo‘lovchi bor edi, ulardan faqat uch kishigina tirik qoldi. Ularning biri 29 yanvarda, ikkinchisi esa 4 fevralda vafot etdi.

Halokatda yagona omon qolgan Jorj Lammon o‘zi o‘tirgan o‘rindiq bilan pastga qulab, Virjiniya ko‘chalaridan birining o‘rtasida tik holatda qo‘ndi. Albatta, bu holat ilmiy nuqtai nazardan tushunarsiz bo‘lib qolgan. Taqdir bo‘lsa kerak...

U cho‘lda adashib qoldi va bilaklarini kesib, o‘z joniga qasd qilishga urinib ko‘rdi.

Tanasi shunchalik suvsizlanib qolgan ediki, qoni tezda qotib qoldi va urinishi zoye ketdi. To‘qqiz kundan keyin u qutqarildi.

Uzoq masofaga yuguruvchi Mauro Prospeles 1994 yilda Marokkodagi Des Stables Marathon yugurish marafonida qatnashayotgan edi. To‘satdan trassaning 233-chiziq kesmasining o‘rtasida qum bo‘roni ko‘tarildi va u Jazoirning 700-kilometrida yo‘ldan adashib qoldi.

Mauro cho‘lda qolib ketgan eski masjidda yashaydigan ko‘rshapalak va ilonlarni yeb jon saqladi. Holdan toygach, tomirlarini cho‘ntak pichog‘i bilan kesib, o‘z joniga qasd qilmoqchi bo‘ldi. To‘qqiz kun o‘tib, bir ko‘chmanchi oila uni topib oldi. Ular uni Jazoirdagi harbiy lagerga olib borishdi, u yerdan esa kasalxonaga yotqizildi.

Bu holat ekstremal sharoitda inson tanasining aql bovar qilmas qobiliyatidan dalolat bo‘lsa kerak...

Bu odam ikki oy davomida mashinada qor ostida qolib ketdi, ammo tirik qoldi.

2012 yilning fevral oyida ikki qorda yurar avtomashina Shveysariyaning shimoli-sharqidagi qorli hududlarda tashlab ketilgan mashinaga qadaldi.

Qor mashinalari yo‘llarni tozalayotgan edi va mashinaning orqa o‘rindig‘ida yotgan odamni topishdi. Piter Skillberg 60 kun davomida o‘z mashinasida tuzoqqa tushib, qor tagida tiriklayin ko‘milib qolganini aytdi. Uning so‘zlari qutqaruvchilarda shubha tug‘dirdi, lekin olimlar ular uni behuda ayblashayotganini ta’kidlashdi.

Skilberg “qishki uyqu”ga ketishi natijasida omon qolgan. Uning tanasi minimal haroratgacha sovib ketgan va qor uni muzlashdan himoya qiladigan “Iglu effekti” (Shimoliy Amerika eskimoslarining muz plitalardan qilingan uyi)ni yaratib uni himoyalagan.

Bahora MUHAMMADIYeVA tarjimasi.