Odamzod vaksina ishlab chiqilmagunga qadar koronavirus kasalligi bilan kurashib yashayveradimi?
Ushub savolga Bosh davlat sanitariya inspektori Nurmat Otabekov shunday javob berdi:
— Koronavirus infeksiyasiga qarshi vaksina ishlab chiqish bilan butun dunyo olimlari shug‘ullanmoqda. Viruslar esa mutatsiyaga moyil bo‘lishadi. Balki, koronavirusning hamma turiga ta’sir qiladigan universal vaksina ishlab chiqish kerak bo‘lar.
Vaksinani ishlab chiqish, klinik sinovdan o‘tkazish, profilaktik samaradorligini baholash va keng aholi orasida qo‘llashga ruxsat berish kabi bosqichlari bor.
Ungacha mazkur virusdan saqlanish uchun qo‘lni tez-tez yuvish, niqob taqish rejimiga rioya etish va ijtimoiy masofani saqlash kabi qoidalarga rioya etish kerak.
Ko‘p olimlar kasallik bo‘yicha izlanish olib boryapti. Hech kim 2020 yilning 5 oyida yuz bergan na koronavirus pandemiyasini, na iqtisodiy-moliyaviy inqirozni, na neft narxlarining qulashini, na fond bozorlaridagi sho‘ng‘ishni bashorat qila olmagan. Shu jumladan, kasallik borasida ham keyingi vaziyat to‘g‘risida hech nima aniq emas.