Oksford mutaxassisi: COVID-19 havoda, suvlarda avvaldan uyqu holatida mavjud bo‘lgan – keyin u “uyg‘otib” yuborilgan

Oksford universiteti yetakchi mataxassisi Tom Jefferson COVID-19ning vujudga kelishi to‘g‘risida yangi farazni ilgari surdi. Uning fikriga ko‘ra, koronavirusning yoshi biz bilganimizdan ancha katta. Virus huruji Uxanda qayd etilishidan oldin u Milan, Barselona va boshqa bir qator shaharlar havosi va suvlarida mavjud bo‘lgan. Faqat uyqu holatida bo‘lgan. Uni qandaydir bir-biriga bog‘liq omillar uyg‘otib yuborgan. Bunday holat yuz yil ilgari o‘nlab million odamni nobud qilgan “Ispanka”da ham kuzatilgan.

“Fikrimga ko‘ra, virus shu yerda bo‘lgan. “Shu yerda”, deb men hamma joyni nazarda tutyapman. Ehtimol, biz tabiat omillari sababli faollashib ketgan uyqudagi virusga duch kelgan bo‘lishimiz mumkin”, aniqlik kiritdi mutaxassis.

Jefferson bu holatni viruslar hech qayerdan paydo bo‘lmasligi va hech qayerga yo‘q bo‘lmasligi fakti bilan tushuntirdi. Olimning taxminiga ko‘ra, odamlarning o‘zaro zich hayot tarzida yashay boshlagani va boshqa tabiat omillari virusning faollashishiga sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin.