Olimlar COVID-19 ni davolashda yordam beradigan o‘simlikni kashf etishdi
Shimoliy Afrika va G‘arbiy Osiyodagi Nigella sativa (ekiladigan sedana) o‘simligi COVID-19 ni davolashda foydali bo‘lishi mumkin, deb yozadi «Clinical and Experimental Pharmacology and Physiology» jurnali.
Ta’kidlanishicha, o‘simlik tarkibida korovirusning S-oqsili bilan bog‘lanuvchi va o‘pka infeksiyasi rivojlanishi oldini oluvchi timoxinon moddasi mavjud.
"Bu modda, shuningdek, COVID-19 bilan kasallangan og‘ir bemorlarda paydo bo‘ladigan «sitokin bo‘roni»ni to‘sa oladi", deydi tadqiqot muallifi, Avstraliya Katolik universiteti professori Kaniz Fotima Shad.
Mutaxassislar timoxinonning boshqa foydali xususiyatlarini ham aniqlashdi. Xususan, u qon bosimi va xolesterin oshishi, qandli diabetni davolashda yordam beradi. Shuningdek, o‘simlik doni oltin stafilokkokni yo‘q qilishda samarali ekanligi isbotlandi.
Bundan tashqari, o‘simlik yallig‘lanishga qarshi vosita sifatida allergik rinit va sinusit, ekzema va artroz bilan og‘rigan bemorlarga foydali.
Sedana urug‘ining dorivor xususiyatlarini tibbiyotchi-olim Ibn Sino ham ko‘p aytgan va amaliyotda keng qo‘llagan. Qora sedana yog‘i saraton, infeksiya, jigar, oshqozonosti bezi va ko‘pgina boshqa kasalliklarga davo ekanligi aniqlangan. O‘simlik tana vaznini kamaytirish uchun ham qo‘l keladi.
Xullas, olimlar aniqlagan ushbu mo‘’jizaviy o‘simlikdagi timoxinon koronavirusni yengish uchun yangi bir vosita bo‘lsa, ajab emas.
G.Xoldorova tayyorladi.