Oliy ta’lim muassasalarida ham yangi o‘quv yili 4 sentyabrdan boshlanadi

O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining yigirma sakkiz yillik bayrami munosabati bilan oliy ta’lim muassasalari jamoalariga munosib dam olish sharoitlarini yaratish maqsadida oliy ta’lim muassasalarida yangi 2019-2020 o‘quv yili 4 sentyabrdan boshlanadi.

Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ma’lum qildi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 12 noyabrdagi “2019 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida”gi farmoniga muvofiq 2019 yil 31 avgustdan 3 sentyabrgacha dam olish kunlari etib belgilangan.