O‘lmas Meyliyev kutubxonasining yarmini o‘zi o‘qigan maktabga sovg‘a qildi
Samarqand viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i polkovnik O‘lmas Meyliyev Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz tumanidagi 60-umumta’lim maktabida tahsil olgan.
O‘tgan davrda O‘lmas Pardayevich o‘zi o‘qigan, ustozlaridan ta’lim olgan, hamqishloqlari bilan unib-o‘sgan, qadrdon bolaligi o‘tgan, shuningdek ushbu dargohdan bir umrlik saboqlar olgan jonajon maktabini bir lahza ham unutgani yo‘q.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti raisligida 2019 yil 19 mart kuni o‘tkazilgan yig‘ilishda Davlatimiz rahbari “Barcha rahbarlar... bosh vazirdan boshlab, tumanlar rahbarlari, barcha deputatlar, kelinglar, o‘zimiz tashabbus ko‘rsataylik va o‘zimiz o‘qigan tumandagi maktablarga 10-20 tadan kitob sovg‘a qilaylik. Hamma ham kitob o‘qiyvermaydi, biroq yoshlarimizga ular kerak” deb da’vat etdilar.
O‘lmas Meyliyev o‘z kutubxonasidagi kitoblarning yarmini o‘zining maktabiga sovg‘a qilishga ahd qildi. U o‘zining jonajon 60-maktabiga qo‘llari kitoblarga to‘lib kirib bordi. Barcha birdek xursand bo‘ldi.