Ona va bola yotoqxonadan o‘lik holda topildi
- 05.02.2020 12:52
- 631
- Hodisa

Toshkent viloyatining Yangiyo‘l tumanida ona va bola yotoqxonasida o‘lik holda topilgan. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati ma’lum qildi.
Mudhish voqea 2 fevral kuni sodir bo‘lgan.
Aytilishicha, Yangiyo‘l tumanining “Ittifoq” mahallasida 22 yoshli ayol va uning 1,5 yashar farzandi bilan o‘z uyining yotoqxonasidan o‘lik holda topilgan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra ular is gazidan zaharlanishi natijasida vafot etgan.
Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari o‘tkazilmoqda.
Teglar:
is gazi
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Ogoh bo‘ling, suv tugab bormoqda!
- Kecha, 19:05
- Jamiyat
Kitobdan bezdirayotgan bozor adabiyoti
- 05/04, 15:37
- Mutolaa
Quyoshni to‘sgan vulqon
- 05/04, 14:55
- O'qing, qiziq!