Opa-singillarni chuv tushirgan firibgar ayol qo‘lga olindi
- 08.07.2019 10:59
- 113
- Jinoyat va jazo
Toshkentda opa-singillarning pulini o‘zlashtirgan firibgar ayol qo‘lga olindi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi.
Qayd etilishicha, joriy yilning 4 iyul kuni Toshkent shahrining Yakkasaroy tuman IIBdan tushgan hujjatlarga ko‘ra, 2018 yil aprel oyida Mirzo Ulug‘bek tumanida yashovchi 36 yoshli D.A. ismli ayol KXAY ko‘chasida Yunusobod tumanida yashovchi 30 yoshli M.M. ismli ayolni va 26 yoshli singlisi M.A.ni aldov yo‘li bilan ishonchiga kirib, ulardan 23.970 AQSh dollari, 20 mln. so‘m pullarini olib ketganligi aniqlangan.
D.A. ushlangan, holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Teglar:
firibgarlik