Oqdaryoda yuz bergan o‘zaro janjal pichoqbozlik bilan yakunlandi

Samarqand viloyatining Oqdaryo tumanida 30 iyun kuni Jomboy tumani Nush mahallasida yashovchi, 29 yoshli S.Ya. mast holda Zarafshon qishlog‘ida yashovchi, 42 yoshli D.R.ning uyi oldida o‘zaro janjal oqibatida uning qorniga pichoq bilan urib jarohat yetkazgan.

Natijada D.R. kasalxonaga yotqizilgan, S.Ya. ushlangan. Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berishicha,  hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.