Oqdaryodagi markaziy poliklinikada yuz bergan yong‘in bo‘yicha ma’lumot berildi
- 29.01.2024 15:29
- 388
- Samarqand

Viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi axborot xizmatining xabar berishicha, hodisa 2024 yil 27 yanvar kuni ertalab sodir bo‘lgan.
Oqdaryo tumani FVBga soat 09:20 da “Loyish” MFYda joylashgan markaziy poliklinikada yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida xabar kelib tushgan.
Shunga ko‘ra 2 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji voqea joyiga yetib borib yong‘in bartaraf etilgan.
Hech kim tan jarohati olmagan. Faqat shifokor Sh.X.ning xizmat xonasidagi xona jihozlari yonib, zararlangan.
Qayd etilishicha, hozirda hodisa yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Samarqand viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi
- 44 daqiqa avval
- Samarqand
Prezident qarorlari — hayotda va nazoratda
- 47 daqiqa avval
- Jamiyat
Poraxo‘rlik inqirozga olib boradi
- 1 soat avval
- Jamiyat
NIMALAR YO‘Q XITOYDA?
- Kecha, 17:08
- Mutolaa