O‘qituvchilarning faoliyatiga aralashganlik uchun javobgarlik belgilangan
- 09.02.2022 23:07
- 220
- Ta’lim

Ta’lim muassasalari pedagog xodimining kasbiy faoliyatiga qonunga xilof ravishda aralashish yoki ta’lim muassasasi pedagog xodimining xizmat vazifalarini bajarishga to‘sqinlik qilish javobgarlikka sabab bo‘ladi.
Bunday huquqbuzarlik uchun:
- fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining (BHMning) 5 baravaridan 7 baravarigacha (1 mln. 350 ming so‘mdan 1 mln. 890 ming so‘mgacha);
- mansabdor shaxslarga esa BHMning 7 baravaridan 10 baravarigacha miqdorida (1 mln. 890 ming so‘mdan 2 mln. 700 ming so‘mgacha) jarima qo‘llaniladi.
Shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takroran sodir etilsa:
- fuqarolarga BHMning 7 baravaridan 10 baravarigacha (1 mln. 890 ming so‘mdan 2 mln. 700 ming so‘mgacha);
- mansabdor shaxslarga esa BHMning 10 baravaridan 15 baravarigacha miqdorida (2 mln. 700 ming so‘mdan 4 mln. 50 ming so‘mgacha) jarima qo‘llanishi mumkin.