OTMlarda joriy o‘quv yili uchun kontrakt miqdori qancha?

Pandemiya sharoitida aholining to‘lov qobiliyati pasayishini hisobga olib, 2020/2021 o‘quv yilida to‘lov-kontrakt miqdori uchun kunduzgi shaklda o‘qiydigan barcha talabalarga 10 foiz chegirma berilishi ma’lum qilingandan so‘ng ko‘pchilik bu imtiyoz qanday qo‘llanishi haqida savol bermoqda.

Avvalo aytish joizki, 10 % chegirma stipendiya oladigan talabaga ham, stipendiya olmaydigan talabaga ham birdek qo‘llanadi.

Talabalarga yanada tushunarliroq bo‘lishi uchun aniq jadval asosida ko‘rsatishga harakat qilamiz.

Yuqoridagi jadvalda bakalavr kunduzgi shakldagi ta’lim uchun kontrakt miqdori aks etgan.

👉 Magistratura kontrakt narxlari

Chegirmadan so‘ng O‘zbekistondagi davlat OTMlarida stipendiyasiz eng arzon konrakt 5 million 771 ming so‘mni tashkil qilmoqda. Ma’lumot uchun, davlat OTMlarining 80 foizida ayni shu miqdordagi kontrakt belgilangan.

Eng qimmat kontrakt esa 8 million 828 ming so‘mni tashkil etmoqda (JIDUni hisobga olmaganda).

“Mazkur raqamlar rasmiy miqdor emas, shunchaki, mening hisob-kitoblarim”, deya ta’kidlaydi Xushnudbek.uz.