Ovqatni oxirigacha yeb qo‘ying, sayyoh!
Turkiya mehmonxonalarida “Sariq bayroq” nomli yangi islohotli loyiha ishga tushirilmoqda. Unga ko‘ra, sayyohlarga tarelkaga suzilgan ovqatni qoldirmaslik so‘raladi yoki qancha yeya olsa, shuncha solib kelinadi, deya xabar beradi Rossiya turistik operatorlari Assotsiatsiyasiga tayanib human.uz.
Bundan maqsad — “hammasi yoqilgan (tayyor)” tizimi asosida ishlaydigan mehmonxonalarda ham oteler, ham sayyohlarning ovqatlanish jarayoniga bo‘lgan munosabatini o‘zgartirish.
Boshlanishiga otelerlar hordiq chiqarayotganlarga targ‘ibot qiladi: plakat va broshyuralarni ilib qo‘yishadi. Lekin keyinchalik tarelkalarni kichiklashtirish ko‘zda tutilgan.
Mazkur usullar Turkiyada ovqat qoldiqlari o‘tkir muammo bo‘lgani uchun qo‘llanmoqda. Mamlakatda har yili 18 millionta meva va sabzavot, qariyb 5 million dona non tashlab yuboriladi. Taom qoldiqlarining qiymati 214 milliard turk lirasiga yetadi.