O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi Osiyoda tengsiz deb topildi
- 01.11.2023 09:22
- 15
- Sport
Qatar poytaxti Doha shahrida Osiyo futbol konfederatsiyasining “AFC Annual Awards” yilning eng yaxshilarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Unda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi “Yilning eng yaxshi futbol federatsiyasi” nominatsiyasida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan.
Qayd etish joiz, o‘tgan davr mobaynida O‘zbekiston Osiyoning turli futbol tadbirlariga mezbonlik qildi hamda o‘zaro loyihalarni amalga oshirdi. Xususan, tarixda ilk bor U-23 va U-20 Osiyo chempionatlari, shuningdek, OFKga a’zo assotsiatsiyalar prezidentlari va bosh kotiblari konferensiyasi mamlakatimizda o‘tkazildi. Qit’a miqiyosidagi turli saralash bahslari, klublar o‘rtasidagi turnirlar, ayollar futboli, CAFA musobaqalarida O‘FA faollik ko‘rsatdi. Ushbu say-harakarlar OFK tomonidan munosib e’tirof etildi.
Mazkur nominatsiyada shuningdek, Eron futbol federatsiyasi va Yaponiya futbol assotsiatsiyasi nomzodlari ko‘rsatilgan edi.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Urushning ma’lum va noma’lum sahifalari
- 2 soat avval
- Mutolaa
Mahalla yoshlariga Prezident sovg‘asi berildi
- 2 soat avval
- Samarqand
Pangat otlarining dovrug‘i qani?
- Bugun, 10:35
- O'qing, qiziq!
Kechirimning barakasi
- Kecha, 19:52
- Mutolaa
Кўприк устидан учиб ўтган автобус
- 21/12, 11:42
- O'qing, qiziq!