O‘zbekiston kuz mavsumida koronavirus infeksiyasining ikkinchi to‘lqiniga tayyormi?
➖ Ha, tayyor. Epidemiya davrida vaziyat har tomonlama o‘rganib chiqildi. Shu davrga qadar erishilgan yutuq va kamchiliklar ko‘rib chiqilib, tahlil qilindi.
Hozirda shifoxonalar salohiyatli kadrlar va zarur moddiy-texnika baza bilan ta’minlangan. Barcha shifoxonalar va mutaxassislarning ushbu yo‘nalishda tajribalari bor. Ular kasallikning avj olishiga yo‘l qo‘ymaydi.
Shu bilan birga bemorlarga o‘z vaqtida malakali va zamonaviy tibbiy yordam ko‘rsatishga imkon va barcha kerakli dori vositalarining zaxiralari yaratilgan.
Ayni vaqtda mamlakatimizda 3 500 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.
Hozirgi kunda COVID-19 infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarni davolash uchun 114 ta muassasada 19346 ta o‘rin tashkil etilgan. Yana 10 mingga yaqin qo‘shimcha zaxira shifo o‘rinlarini tayyorlash ishlari olib borilmoqda.
Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Barno Abdusamatova ma’lumot berdi.