O‘zbekiston xalq shoiri Shukrullo olamdan o‘tdi
- 19.07.2020 13:25
- 295
- Jamiyat

O‘zbekiston xalq shoiri Shukrullo, bugun 99 yoshida Toshkent shahrida vafot etdi.
Shukrullo (Yusupov) 1921 yil 2 sentyabrda Toshkent shahrining Shayxontohur dahasida tug‘ilgan. Pedagogika bilim yurtini va Nizomiy nomidagi Toshkent pedagogika institutini tugatgan.
Ilk she’rlar to‘plami — «Birinchi daftar». She’riy asarlar, bolalarga atalgan she’r va ertaklar yozgan. Qatag‘on davri dahshatlari haqidagi «Kafansiz ko‘milganlar» avtobiografik qissasi, «Tirik ruhlar» (1999) roman-xronikasi mashhur.
Shukrulloga O‘zbekiston xalq shoiri, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi unvoni berilgan. Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Davlat mukofoti laureati. «Do‘stlik» va «El-yurt hurmati» ordenlari bilan mukofotlangan. «Turk dunyosida yilning adabiyot kishisi 2016» mukofoti bilan ham taqdirlangan.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
100 yillik “Guliston”
- Kecha, 17:46
- Samarqand
2025 yilning eng kuchli pasportlari
- Kecha, 11:45
- Xorij
Shahardagi tirbandlikka yechim bormi?
- Kecha, 09:58
- Iqtisodiyot
Achchiq ovqat umrni uzaytiradi(mi?)
- 12/09, 17:34
- Salomatlik