O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasidan butkul sog‘ayganlar 592 nafarga yetdi
- 24.04.2020 14:21
- 74
- COVID-19
Toshkentdagi Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasidan koronavirus infeksiyasiga chalingan navbatdagi 10 nafar bemor butkul sog‘aydi.
SSV matbuot xizmati xabariga ko‘ra, sog‘ayganlarning 7 nafari Toshkent shahridan, Jizzax, Farg‘ona va Toshkent viloyatidan 1 nafardan. Ulardan 9 nafari koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olishgan, 1 nafari esa Qozog‘istondan kelgan.
Bemorlardan 6 nafari erkak, 4 nafari ayollardir. Ular orasida eng yoshi kattasi 55 yoshda bo‘lsa, eng yoshi kichigi 14 yoshda.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Imtiyozli narxdagi ko‘mir aholiga qay tartibda beriladi?
- 43 daqiqa avval
- Dolzarb