O‘zbekistonda kuz faslida koronavirus pandemiyasining ikkinchi to‘lqini kutilyaptimi?

Ushbu savolga Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Barno Abdusamatova javob berdi.

"Kasallikning ikkinchi to‘lqini kelishi uchun — uning birinchi to‘lqinidagi kasallar va kunda aniqlanayotganlar bemorlar soni minimal darajaga pastga tushishi kerak yoki barcha bemorlar tuzalib, kunlik aniqlanayotgan kasallar soni umuman bo‘lmasligi kerak.

Biz bu darajaga hali erishganimiz yo‘q. To‘g‘ri, kuz kelishi bilan yog‘ingarchilik natijasida namlik boshlanadi. Koronavirus sovuq va namgarchilikni yaxshi ko‘radi.

Shu bilan birga bu faslda yana ko‘pgina surunkali kasalliklar qo‘zg‘alishi natijasida bemorlarda immunitet pasayib, kasallik yuqtirishga moyilligi oshadi. Bu esa kasallar soni ortishi hamda ularning og‘ir formasi ko‘proq kuzatilishiga sabab bo‘ladi", deydi Abdusamatova.