O‘zbekistonda qariyb 100 mingga yaqin kishi karantinga olingan

AOKA huzuridagi shtabda Ichki ishlar vazirligi axborot xizmati rahbari Shohruh G‘iyosov ishtirokida brifing o‘tkazildi.

Taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, bugungi kunga kelib, karantinga olingan aholi soni — 99 391 taga yetgan.

Ulardan:

- 23 648 nafari tibbiyot maskanlarida;

- 75 743 nafari o‘z uyida nazoratga olingan.

 

Bugungi kunga kelib, karantin qoidalarini buzgan fuqarolarimiz soni — 22 286 taga yetgan.

- 6 ta holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan;

- o‘tgan bir sutka davomida karantin qoidalarini buzganlar 2 443 tani tashkil etgan. Huquqbuzarlarning aksariyat qismi erkaklardir.

O‘tgan kecha-kunduz davomida haydovchilarimiz tomonidan 2 646 ta qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgan bo‘lib, ulardan:

- 1 239 tasi aynan karantin qoidalarini buzish bilan bog‘liq;

- qoidabuzarlarga tegishli 683 ta transport vositasi jarima maydonchalariga joylashtirilgan.