O‘zbekistondagi AYoQShlarda 6,1 million litr sifatsiz benzin aniqlandi
- 06.11.2023 14:57
- 61
- O‘zbekiston
Energetika vazirligi huzuridagi “O‘zenergoinspeksiya”ning nazorat-kimyo laboratoriyalari tomonidan neft mahsulotlari bo‘yicha olib borilgan sifat nazorati tadbirlari davomida 91 holatda 6 millon 105 ming litr neft mahsulotlari sifatsizligi aniqlanib, sotuvga chiqarilishining oldi olindi.
Inspeksiya tomonidan aniqlangan kamchiliklar tezda bartaraf etilishi bo‘yicha mas’ullarga ko‘rsatmalar berilib, ularning bajarilishi nazoratga olindi.
Ma’lumot o‘rnida, 2020 yil 1 maydan boshlab AI-80 markali avtomobil benzini va dizel yonilg‘isi chakana narxlarini davlat tomonidan tartibga solish bekor qilingan.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- Kecha, 11:54
- Mutolaa