O‘zbekistonga kirib kelgan 21 yo‘lovchida koronavirus aniqlandi
- 04.01.2021 09:12
- 340
- COVID-19
O‘tgan haftada O‘zbekistonga dunyoning 12 davlatidan 12 mingdan ziyod yo‘lovchi kirib kelgan bo‘lsa, shulardan 21 nafarida koronavirus infeksiyasi aniqlangan. Bu haqda “Uzbekistan Airports” xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Toshkent xalqaro aeroportida ekspress test olish jarayonlarini ikki tomonlama imzolangan shartnomaga asosan “Tibbiyot dunyosi” MChJ amalga oshirmoqda. Ekspress test narxlari mazkur tashkilot o‘rnatgan ta’riflarga binoan 28 dekabrdan to bugungacha 95 ming so‘m, talabar uchun 50 ming so‘m miqdorida belgilangan.
“Maxsus komissiya ko‘rsatmasiga ko‘ra, aeroportdan uchib ketish vaqtida PZR testi olinadi, O‘zbekistonga uchib kelinganda ekspress test olinadi. Tahlil natijalari 10 daqiqa mobaynida pasportlarga shtrix kodlarini qo‘yish orqali ma’lum qilinadi”, deyiladi kompaniya xabarida.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- Kecha, 11:54
- Mutolaa