O‘zbekistonning Las-Vegasi. Kattaqo‘rg‘on shahri shunday maqomga erisha oladimi? 

Gavhar Alimova viloyatdagi hokimlar, qolaversa, parlament yuqori palatasiga hududdan saylanganlar orasida yagona ayol kishi. U Kattaqo‘rg‘on shahrida hokim sifatida ish boshlaganiga salkam 2 yil bo‘ldi.

Xo‘sh, shaharda nimalar o‘zgardi, nimalarga uning qo‘li kaltalik qilyapti? Viloyatimizdagi ikkinchi yirik shaharda qanday o‘zgarishlar bo‘ladi?

Gavhar Zayirovnaning tashabbusi yoki rahbarligida Kattaqo‘rg‘on shahri aholisi yoki shahar hayotida nimalar o‘zgardi? Qanday rejalar yoki ishlarga ulgurmadi?

Shu va boshqa masalalar haqida bilish uchun Oliy Majlis Senati a’zosi, Kattaqo‘rg‘on shahar hokimi G.Alimovaga murojaat qildik.

Saytimizni kuzatib boring, suhbat-maqola tez orada e’lon qilinadi.