Past Darg‘om va Urgut tumanlaridagi ikkita aholi punktiga ichimlik suv tarmog‘i tortildi
- 10.03.2022 17:55
- 138
- Samarqand
"Samarqand suv ta’minoti" MChJ tomonidan Past Darg‘om tumani "Baxshiboyi" mahallasida 400 metrli ichimlik suvi tarmog‘i tortildi. Natijada mahalladagi 39 xonadonda istiqomat qiluvchi 193 nafar aholi toza ichimlik suvi bilan ta’minlandi.
Xuddi shunday Urgut tumani "Oqmachit" mahallasida ham 400 metrli ichimlik suvi tarmog‘i tortilgan.
"Samarqand suv ta’minoti" MChJ axborot xizmatiga ko‘ra, yil davomida respublika Investitsiya dasturi hamda “Obod qishloq” dasturlari asosida asosiy e’tibor aholini markazlashgan ichimlik suvi bilan ta’minlanishi darajasi past bo‘lgan Oqdaryo (16 foiz), Ishtixon (23 foiz), Nurobod (24 foiz), Jomboy (26 foiz), Kattaqo‘rg‘on (25 foiz), Narpay (42 foiz), Qo‘shrabot (45 foiz), Past Darg‘om (57 foiz) tumanlariga qaratilib, yana 58 ming aholining ichimlik suvi ta’minoti yaxshilanishi rejalashtirilgan.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- 2 soat avval
- Mutolaa
Hayot tuprog‘iga qorishgan oltin
- Bugun, 10:05
- Mutolaa
Shafqatsiz hayvonlar
- Kecha, 19:57
- O'qing, qiziq!
Samarqandda “smart avtobekat”lar o‘rnatiladimi?
- Kecha, 18:17
- Samarqand