Past Darg‘omda 2000 AQSh dollari evaziga Rossiyaga olib bormoqchi bo‘lgan firibgarga jinoyat ishi ochildi
2020 yil 15 avgust kuni Past Darg‘om tumani A.Temur mahallasida yashovchi 1976 yilda tug‘ilgan B.M. tuman IIBga ariza bilan murojaat qilib, Past Darg‘om tumani Furqat mahallasida yashovchi, 1980 yilda tug‘ilgan T.M. o‘zganing mol-mulkini aldash yoki ishonchini suiiste’mol qilish yo‘li bilan qo‘lga kiritish maqsadida, 2019 yil mart oyining oxirlarida o‘zi va Past Darg‘om tumani Galatut mahallasida yashovchi, 1987 yilda tug‘ilgan M.Z.ni Rossiya Federatsiyasiga kirishi uchun ta’qiq qo‘yilganligini bila turib, o‘zining avtomashinasida ularni chegaradan Rossiyaga olib borishini aytib, aldab, jami 2000 AQSh dollarini qo‘lga kiritib, ularni manziliga olib bormasdan firibgarlik yo‘li bilan olgan pul mablag‘larini o‘zining ehtiyojlari uchun sarflab yuborganligini ma’lum qilgan.
Mazkur holat yuzasidan Past Darg‘om tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “b” bandi jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi fuqarolarni yana bir bor “firibgarlar tuzog‘i”ga tushib qolishdan ogohlikka chaqiradi.