Past Darg‘omda "UMNIAS DOKTOR M" klinikasi ish boshladi
- 26.02.2019 15:09
- 170
- Salomatlik
Past Darg‘om tumani O‘rta Charxin mahallasida aholiga zamonaviy tibbiy yordam ko‘rsatish maqsadida 70 qatnovga mo‘ljallangan "UMNIAS DOKTOR M" xususiy tibbiyot muassasasi ish boshladi.
Xususiy tibbiyot muassasasida zamonaviy ultratovush tekshiruvi, qon tahlillari, shuningdek, bioximiyaviy tekshiruvlar amalga oshiriladi. Shuningdek bu yerda kunduzgi statsionar, fizioterapevtik muolajalar uchun qulay sharoitlar yaratilgan.
Xususiy tibbiyot muassasasi ochilish marosimida Past Darg‘om tumani hokimi Sh.Xudoyberdiyev, tuman sektorlari va muasasasa rahbarlari, mahalla faollari ishtirok etib, yaratilgan sharoitlar bilan tanishdilar.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- Kecha, 11:54
- Mutolaa