Past Darg‘omdagi madaniy meros ob’yektlari asrab-avaylanadimi?

Tahririyatimizga Past Darg‘om tumani Xonchorbog‘ mahallasida yashovchi Sh.Saxatov murojaat qilib, Qayrag‘och qishlog‘idagi qabristondan qadimiy qabrtoshlar topilganini bayon qilib, qabriston hududini madaniy meros ob’yekti sifatida ro‘yxatga olishda muammolar yuzaga kelayotganini bayon qilgan.

Qayd etilishicha, fuqaro ushbu masalada viloyat madaniy meros boshqarmasiga murojaat qilgan. Boshqarma esa Past Darg‘om tumani hokimligiga xat yo‘llab, qadimiy qabriston va undagi qadimiy qabrtoshlarni madaniy meros obektlari ro‘yxatiga hamda davlat muhofazasiga kiritishga rozilik berish hamda yer maydonini belgilashda ko‘maklashishni so‘ragan.

Murojaatchining qayd etishicha, oradan bir oydan ortiq vaqt o‘tgan bo‘lsa-da ushbu masala ochiqligicha turibdi.

Keyingi paytda Past Darg‘om tumanidagi qadimiy qabriston va tepaliklar, yangi topilmalar haqida biz ham kanalimizda bir nechta materiallar berdik.

Viloyat madaniy meros boshqarmasi va Past Darg‘om tumani hokimligi ushbu yodgorliklarni muhofaza qilish, ularni tadqiq etish haqida o‘ylab ko‘rsa yaxshi bo‘lardi.