Paxta mahalliy korxonalarda chuqur qayta ishlanadi
Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 18 noyabrdagi “Respublika hududlarida paxta to‘qimachilik ishlab chiqarishini joriy etish mexanizmlarini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilingandi.
Mazkur qaror asosida viloyatda qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishda tarkibiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish va bozor munosabatlarini joriy qilish, paxta xomashyosini qayta ishlash hamda to‘qimachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish tarmoqlarining integratsiyalashuvini yanada kengaytirish maqsadida viloyat hokimining qarori qabul qilindi.
Endilikda paxta tozalash korxonalari hamda paxta tayyorlash punktlarining bino va inshootlarini to‘qimachilik ishlab chiqarish tashkilotlariga sotish masalasi jamiyatning boshqaruv organi majlislarida ko‘rib chiqilgan xulosa asosida paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarish tashkilotlari bilan shartnoma tuzadi. Sotiladigan paxta tozalash korxonalari, paxta tayyorlash punktlarining bino va inshootlarini xatlovdan o‘tkazib va baholatishni ishlab chiqarish tashkilotchilari amalga oshiradi.
Mahalliy hokimliklar 2023 yil 1 yanvargacha paxta to‘qimachilik ishlab chiqaruvchilarning viloyatimizda yetishtirilgan paxta xomashyosini chuqur qayta ishlash va tayyor mahsulotgacha bo‘lgan jarayonni, mahalliy korxonalar bilan ichki tarmoq kooperatsiyasini to‘liq yo‘lga qo‘yishni nazarda tutuvchi investitsiya shartnomalari tuzadi.