Paxtachi tumani IIBga rahbar tayinlandi

Paxtachi tumani hokimligida Samarqand viloyati IIB boshlig‘i Sh.Rahmonov ishtirokida tumanda jinoyat va huquqbuzarliklarning ahvoli, shaxsiy tarkib o‘rtasidagi xizmat intizomi hamda qonunchilikka rioya qilish masalalariga bag‘ishlangan uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuv avvalida Ichki ishlar vazirining tegishli buyrug‘i bilan mayor Ahmedov Muxtor Qilichevich tuman IIB rahbarligiga tayinlangani ma’lum qilindi.

Yig‘ilishda hududdagi kriminogen vaziyat, xodimlar tomonidan xizmatda yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklar tanqidiy muhokama qilinib, amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar belgilandi.

Samarqand viloyati IIB axborot xizmati.