Payariq tumanida 4 oyda 10 milliard so‘mlik soliq qarzlari MIB tomonidan undirilgan
Majburiy ijro byurosi viloyat boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, Byuroning Payariq tuman bo‘limi tomonidan joriy yilning 4 oyi davomida jami 119,3 mlrd. so‘mlik ijro hujjatlarining ijrosi ta’minlanib davlat foydasiga 13,5 mlrd. so‘m undirilgan. Soliq qarzini undirish to‘g‘risidagi 10,1 mlrd so‘mlik, ma’muriy jarima undirish to‘g‘risidagi 1 224,8 mln. so‘mlik, davlat boji undirish to‘g‘risidagi 602,9 mln. so‘mlik, tadbirkorlik sub’yektlari foydasiga qarz undirish to‘g‘risidagi 40 643,5 mln. so‘mlik, jismoniy shaxslar foydasiga qarz undirish to‘g‘risidagi 2 225,3 mln so‘mlik ijro hujjatlarining ijrosi amalga oshirilgan.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 24 noyabrdagi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF 6118-sonli Farmonining 12-bandiga asosan 2020 yil 1 dekabrdan boshlab, jinoyat natijasida davlatga yetkazilgan zarar, davlat bojlari, jinoiy va ma’muriy jarimalar, davlat foydasiga boshqa turdagi undiruvlar hamda davlat daromadiga o‘tkaziladigan olib qo‘yilgan mol-mulkni sotishga oid ijro hujjatlari bo‘yicha kelib tushgan mablag‘larning 50 foiz miqdori “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash uchun ochilgan hisob raqamlariga proporsional tartibda yo‘naltirilishi belgilangan.
Bo‘lim tomonidan ushbu Farmon talablari to‘liq bajarilib, joriy yilning o‘tgan 4 oyi davomida jami 2 340,2 mln. so‘m pul mablag‘lari undirilib, 1 170,1 mln. so‘m qismi “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari” uchun yo‘naltirilgan.
Bundan tashqari, o‘tgan davr mobaynida Byuro organi aralashuvi natijasi jami 213 ta aliment undirish to‘g‘risidagi ijro hujjatlari bo‘yicha tomonlar ya’ni er va xoti o‘zaro yarashib 213 ta oila tiklanishiga erishilgan.
Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 2024 yil 16 apreldagi “Yoqilg‘i-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori doirasida bo‘lim tomonidan o‘tgan 4 oy davomida sud qarori asosida qarzdor jismoniy va yuridik shaxslardan “Hududgazta’minoti” AJ foydasiga 71,8 mln so‘m, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ foydasiga 88,7 mln so‘m undirilgan.