Payariqdagi 10 ta maktabda ikkita xorijiy til o‘qitish va kasb-hunarga tayyorlash yo‘lga qo‘yilmoqda
- 13.09.2023 14:59
- 80
- Ta’lim

Prezidentning Samarqandga tashrifi davomida Oqdaryo tumanidagi 32-umumta’lim maktabida o‘quvchi-yoshlarni "Hayot maktabi"ga tayyorlash, ularni kasb-hunarga yo‘naltirish bo‘yicha yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishgan va Oqdaryo tajribasini ommalashtirish xususida so‘z yuritgan edi.
Payariq tumanidagi bir qator maktablarda o‘quvchilarni "Hayot maktabi"ga tayyorlash, ularni kasb-hunarga yo‘naltirish boshlanmoqda. Tuman hokimligi xabariga ko‘ra, navbati bilan tumandagi 3, 15, 19, 20, 35, 62, 68, 71, 84 va 102-umumta’lim maktablarida ikkita xorijiy til va kasb-hunarga o‘rgatish joriy etilishi rejalashtirilgan.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Bankrot so‘zi qayerdan kelib chiqqan?
- Kecha, 17:40
- O'qing, qiziq!
Oilaviy zo‘ravonlik millatimizga zid harakat
- Kecha, 17:31
- Samarqand