Pensiya tayinlash uchun fuqarodan endi faqat pasport yoki ID-kartasi talab etiladi
Byudjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi viloyat boshqarmasi hisobida bugungi kunda 465 mingdan ortiq pensiya va nafaqa oluvchi bor.
Yil davomida salkam 50 ming nafar fuqaroga yangidan pensiya va ijtimoiy nafaqalar tayinlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 4 maydagi PQ-5102-sonli “Fuqarolarga davlat pensiyalarini tayinlash jarayonini soddalashtirish hamda pensiya va nafaqalarni yetkazish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarorlari bilan 2023 yil 1 yanvardan boshlab:
- davlat pensiyalarini tayinlash uchun fuqarolardan faqat pasport yoki ID-kartasi talab etilishi belgilab qo‘yilgan.
Yoki davlat pensiyalarini tayinlashda fuqarolardan mehnat staji, ish haqi, oliy ta’lim muassasalaridagi o‘qish hamda harbiy xizmat davri to‘g‘risidagi hujjatlarni talab qilinmasligi belgilab qo‘yilgan.
Shunga asosan fuqarolar endilikda pensiyaga chiqishda faqat pasportlari yoki ID-kartalarini taqdim etadilar.
Pensiya jamg‘armasi xodimi pensiyaga chiqish huquqi paydo bo‘lgan fuqaroning pasport ma’lumotlarini “Pensiya” dasturiga kiritadi va “Yagona milliy mehnat tizimi” (YaMMT ) axborot tizimiga so‘rovnoma yuboradi. YaMMTdagi ish stajlari to‘g‘risida ma’lumotlar olinadi.
Xuddi shunday Xalq banki yoki Soliq qo‘mitasi axborot tizimidagi ish haqi ma’lumotlar olinishi maqsadida so‘rovnomalar yuborish orqali olinadi.
Ushbu qaror bilan fuqarolarga katta yengillik yaratib berildi, ish stajini tasdiqlovchi mehnat daftarchasi yoki boshqa hujjatlarni izlab ovora bo‘lmaydilar, pensiya olish huquqlari paydo bo‘lganda faqat pasportlari bilan Pensiya jamg‘armasiga murojaat etib pensiya tayinlash masalalari hal etadilar.
Abdurashid Rahimov,
Byudjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi Samarqand viloyati boshqarmasi sho‘’basi rahbari.