Pufak ichidagi bola: Plastik qutida 12 yil yashadi

1970 yillarda AQShda tajriba o‘tkazildi. Kamdan kam uchraydigan immuniteti yo‘qligi ko‘zda tutilib tashxis qo‘yilgan bola steril qutiga joylashtirildi. Bolakay uning ichida umrining 12 yilini o‘tkazishiga to‘g‘ri keldi. O‘sha paytda Devid Vetter butun dunyoga “pufakdagi bola” nomi bilan mashhur bo‘ldi.

Дэвид Веттер - мальчик, который родился без иммунитета. | Фото: dailymail.co.uk.

Vetterlar oilasi boshqa oilalardan unchalik farq qilmasdi, biroq ularning birinchi farzandiga og‘ir kombinatsiyalangan immunitet tanqisligi tashxisi qo‘yildi. Ushbu patologiya tufayli chaqaloq yetti oyligida vafot etdi. Bu juda kam uchraydigan kasallik turi, ammo achchiq haqiqat shundaki, ushbu kasallik bilan tug‘ilgan oiladagi keyingi o‘g‘il bolada ham xuddi shunday tashxis qo‘yilishi ehtimoli 50 foizga yetgandi.

Yangi tug‘ilgan chaqaloq uchun yagona imkoniyat faqat suyak iligi transplantatsiyasi (ko‘chirib o‘tkazish) bo‘lishi mumkin edi. AQShning Beylov tibbiyot kolleji shifokorlari Vetterlarning qizi o‘z bo‘lajak ukasi uchun donor bo‘lishi mumkinligiga ishontirishdi va oila 1971 yilda boshqa farzand ko‘rishga qaror qildi. Afsuski, mo‘’jiza sodir bo‘lmadi va bola akasida bo‘lgan bir xil kasallik bilan dunyoga keldi. Opasining suyak iligi esa chaqaloqning to‘qimalariga mos kelmadi.

Ребенок, которому из-за болезни нельзя было покидать стерильный бокс. | Фото: dailymail.co.uk.

Olimlar muammoga yechim topmaguncha bolani steril qutida qoldirishni taklif qilishdi. Devid Fillip Vetter sterillangan plastik “qopqoq”da 12 yil yashadi. Izolyator ichiga kiradigan hamma narsa dezinfeksiya qilinardi. Ona o‘g‘liga faqat kameraga biriktirilgan qo‘lqop kiygan holda tegishi mumkin edi.

Bola o‘sib ulg‘aygan sayin, hamma kabi emasligini tushuna boshladi. U vaqti-vaqti bilan asabiylashar va tushkunlikka tushar edi. To‘rt yoshga to‘lganda, bolakay qutini hamshira qoldirib ketgan shprits bilan teshdi. Shundan so‘ng unga zararli mikroorganizmlar to‘g‘risida aytib berishdi va bolada mikroblarga nisbatan qo‘rquv paydo bo‘ldi.

По мере взросления ребенка ему добавили игровой бокс. | Фото: bigpicture.ru.

1975 yilda chaqirilgan shifokorlar kengashida bolaning muammosini tibbiy muhokama qilishdan tashqari, vaziyatning axloqiy tarkibiy qismi masalasi ham ko‘tarildi. Shifokor Jon Montgomeridan eksperiment qancha davom etishini so‘rashganida, u “Men bundan nima kelib chiqishi to‘g‘risida bir qarorga kelmagunimcha yoki loyihaning natijasi aniq bo‘lmaguncha hech qanday ma’lumot bera olmayman”, deb javob berdi.

Bola o‘sib ulg‘ayganiga qarab uning plastik qutisi o‘yin maydoni bilan to‘ldirilar edi. Devid maktab o‘quv dasturiga muvofiq o‘qitilardi. Uning oldiga tez-tez mashhur kishilar kelib turardi va ular “Pufakdagi bola” fonida suratga tushar edi.

Детский скафандр, созданный специалистами NASA. | Фото: thejizn.com.

Devid olti yoshga to‘lganida NASA mutaxassislari unga boksdan tashqarida harakatlana oladigan skafandr kiydirishni taklif qilishdi. Lekin atrofdagi mikroblardan qo‘rqadigan bola o‘zining pufagidan olti qadamdan uzoqqa bormadi.

Дэвид Веттер в скафандре веселится на лужайке со своей сестрой Кэтрин. | Фото: bigpicture.ru.

1980 yillarning boshida AQSh hukumati bolani qutida saqlash juda qimmatga tushayotganini aytib, chora izlash talabini qo‘ydi. Shifokorlar bolaga ukol orqali antibiotik yuborishni taklif qilishdi, lekin bu bolani muqarrar o‘limga olib kelar edi. Ota-onasi bu taklifni rad etdi va opasi Ketrindan Devidga suyak iligi o‘tkazish orqali transplantatsiya qilishga rozi bo‘lishdi.

Bola tug‘ilganidan keyin 12 yil ichida tibbiyot ancha oldinga siljidi, shuning uchun jarrohlik operatsiyasidan so‘ng bola oddiy odamlardek yashab ketishiga umid bor edi.

Мальчик находился в стерильном боксе 12  лет. | Фото: ww4.hdnux.com.

Operatsiya bola uchun halokatli bo‘ldi. Suyak iligi bilan birga bolaga oddiy odamlar kasallanganda simptomsiz, lekin immuniteti yo‘q bola uchun o‘lim jazosiga teng Epshteyn-Barr virusi o‘tdi. Bolaning ahvoli og‘irlashganda, uni birinchi marta qutidan olib chiqishdi, shunda ona bolasiga teginishga muvaffaq bo‘ldi.
Devidning qabr toshida quyidagi so‘zlar yozilgan: “U hech qachon dunyoga tegmagan, lekin dunyo undan ta’sirlangan”.

Надпись на надгробье Дэвида Веттера. | Фото: bigpicture.ru.

Bahora Muhammadiyeva tayyorladi.