Putin va Bayden o‘rtasidagi muzokaralar davom etmoqda
- 16.06.2021 18:57
- 149
- Xorij

Rossiya prezidenti Vladimir Putin AQSh prezidenti Jo Bayden bilan uchrashish uchun Jenevaga keldi. Ularni Shveysariya prezidenti Gay Parmelin qabul qildi.
Muzokaralar La Granj villasida Toshkent vaqti bilan 16:30 da boshlandi.
"Ayni paytda Vladimir Putin va Jo Bayden o‘rtasidagi muzokaralar tor doirada davom etmoqda", dedi Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov RIA Novostiga.
Sammit uch qismdan iborat bo‘lishi rejalashtirilgan edi: tor doiradagi bir soatlik muzokaralar va kengaytirilgan shaklda ikki raunddan iborat bo‘ladi. Uchrashuvga tayyorgarlikdan xabardor manbaning RIA Novostiga ma’lum qilishicha, bular taxminan besh soat davom etadi.
Qo‘shma press-konferensiya kutilmaydi, prezidentlar jurnalistlar bilan alohida gaplashadi.
Bu AQSh prezidenti lavozimiga kirishganidan beri Putin va Baydenning birinchi uchrashuvidir.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Baxtmi yoki baxtsizlikmi?
- Kecha, 15:35
- Mutolaa
Ota-onangizdan hech qachon uyalmang
- Kecha, 15:29
- Jamiyat
Artur aka, patirnon va qo‘y go‘shti
- Kecha, 15:25
- Mutolaa