Qadimda hind tabibi murakkab muolajalarni bajargan
Hindistonda qadimdayoq murakkab operatsiyalar o‘tkazilgan. Misol uchun, eramizgacha VI asrda yashagan tabib Sush Ruta odamlarni davolashda dong taratgan.
Sush Ruta Keshi shahrida tib ilmini o‘rgangan. Bu shahar hozirda Utar-Pradesh shtatidagi Bennaris shahridir. Sush Ruta o‘z operatsiyalarini shogirdlari ko‘z o‘ngida o‘tkazib, barcha murakkab muolajalarni ko‘rgazmali tushuntirgan, bu haqda u «Sushruta Samxita» kitobida batafsil bayon qilgan.
Qadimda bu kitob arab tiliga tarjima qilingan va Yevropada ommalashgan. Kitobda Sush Ruta bemorning bosh chanog‘ini ochib, miyada murakkab operatsiya o‘tkazganini yozgan. Shuningdek, u oyoq-qo‘l panjalarini kesib tashlash va protez tayyorlashni mohirona bajargan. Sush Ruta qorinni yorib, buyrakdagi toshlarni va o‘t xaltasini olib tashlash operatsiyalarini mukammal bajargan, ko‘z kasalligi - kataraktani jarrohlik yo‘li bilan davolagan.
Sush Ruta faqat murakkab jarrohlik davolash amaliyoti bilan cheklanib qolmagan. U ichki organlarni tikish usullarini yaratgan, qon va peshob namunalarini tahlil qilib, kasalliklarga tashxis qo‘ya olgan.
Langar qanday paydo bo‘lgan?
Kemalar paydo bo‘lganda ularni suvda to‘xtatib turish uchun zarurat tug‘ilgan. Birinchi langarlar dastlab yog‘ochdan tayyorlangan. Buning uchun daraxtni ildizi qo‘l kelgan. Tarvaqaylagan ildizni unga yuk bog‘lab suvga tushirishgan, ildiz xuddi daraxtni ushlab turgandek kemani suv yuzasida to‘xtab turishini ta’minlagan.
Hozirda langarlar og‘ir cho‘yan ilmoqdan iborat.
T.Shomurodov tayyorladi.