Qadimgi turkiy-runiy yozuvlarining vatani - O‘zbekiston

Ajdodlarimiz yaratgan fonologik yozuvga asoslangan alifbolar taraqqiyoti uzoq tarixga ega. So‘nggi yillarda turkiy yozuv va uning tarixiga doir yangi ma’lumotlar va yangicha qarashlar yuzaga kelishi turkiy-run yozuvi haqidagi an’analarga o‘zgarishlar kiritmoqda.

Bunga XX asrning 60-70 yillarida turli tadqiqotlar asosida, xususan, arxeologik izlanishlar tufayli yuzaga kelgan yangi ma’lumotlar sabab bo‘lmoqda. Xususan bunday tarixiy ashyo Olmaotadan 50 kilometr sharqda, Issiq daryosi sohilida, 1970 yilda olib borilgan arxeologik izlanishlar natijasida topilgan. Bitik tepalikdagi qabrdan chiqqan kumush ko‘zachada yozilgan. Olimlar ushbu bitikni qadimgi turkiy-run yozuviga o‘xshatib, Markaziy Osiyo turkiy-run yozuvi deb qarashgan. Bu yozuvni miloddan avvalgi V-IV asrlarga xos deb, «Issiq yozuvi» yoki «Issiq qo‘rg‘oni yozuvi» nomi bilan atashgan va ilm-fanda shu nomlar bilan mashhur bo‘ldi.

O‘zbek yozuvshunos olimlari Nasimxon Rahmonov, Boqijon Matboboyevlarning «O‘zbekistonning ko‘hna turkiy-run yozuvlari» nomli ilmiy-ommabop risolasida O‘zbekistondan 20 dan ortiq turkiy-run yozuvidagi matn parchalarining topilishi bilan ularning jahon ilm-faniga ma’lum bo‘lishi, mashhur sharqshunos, yozuvshunos olimlarning diqqatini jalb etishi va ilmiy jihatdan talqin qilinishi haqida muhim ma’lumotlar keltirilgan.

Bunday bitiklarning O‘rxun-Yenisey yozuviga o‘xshashligi, til xususiyatlarining ilmiy jihatdan asoslab o‘rganilishi natijalariga qarab, turkiy-run yozuvlarining qadimiy vatani bugungi O‘zbekiston ekanligi ta’kidlangan.

Usmon SANAQULOV,

filologiya fanlari doktori, professor.

***

Saytimizni kuzating, maqolaning davomi bor...