Qazib olinmagan oltin zahiralari bo‘yicha mamlakatlar reytingi

Qaysi davlatda hali qazib olinmagan oltinlar ko‘p?

Keyingi kunlarda 1 troya unsiya (oltin va boshqa qimmatbaho metallarning 31,1034768 grammga teng standart og‘irlik birligi) oltinning narxi 4 ming dollardan oshib ketdi. 

Ushbu  infografikada mamlakatlardagi hali ham o‘zlashtirilmagan va qazib olinmagan sariq metall zaxiralari tartiblangan. Reyting kelajakdagi tog‘-kon sanoati investitsiyalari qayerda to‘planishi mumkinligini ko‘rsatadi.

AQSh Geologiya xizmati ma’lumotlari asosida taqdim etilgan infografikada tonnada ifodalangan zaxiralarning bir troya unsiyasi 4362 AQSh dollarida baholanadi.

Rossiya va Avstraliya davlatlari dunyodagi eng katta zaxiralarga ega. Ushbu davlatlar yer qa’rida taxminan 12 ming tonnani tashkil etadigan qazib olinmagan oltin yotadi va har bir davlatning umumiy zaxiralari 1,7 trillion AQSh dollariga baholanmoqda.

Rossiyaning eng yirik va muhim konlari asosan Sibir va Uzoq Sharqda, shu jumladan, Krasnoyarsk o‘lkasi, Magadan viloyati, Amur viloyati va Chukotka avtonom okrugida mujassamlashgan.

Avstraliyada qo‘l urilmagan zaxiralarning katta qismi mamlakatning G‘arbiy qismidagi resurslarga boy zonalarida, xususan, Ilgarn hududida to‘plangan.

Rivojlanib boraayotgan davlatlar orasida Indoneziya o‘zining 3800 tonna oltin zaxiralari bilan dunyoda to‘rtinchi o‘rinni egallaydi, Peru va Braziliya 2400 dan 2500 tonnagacha qazilmagan oltin zaxiralarga egalik qiladi.

Global talab ta’minot zanjirlari arzon konchilik imkoniyatlari tomon siljishi tufayli bu hududlar keng ko‘lamli investitsiyalar sahnasiga aylanishi mumkin.

Amerika Qo‘shma Shtatlari va Xitoy kabi yirik ishlab chiqaruvchilarning har birida oltinning taxminan 3000 tonna o‘zlashtirilmagan katta zaxiralari bor.

Shuningdek,  bugungi kunda ko‘pgina yangi global tadqiqotlar Afrika, Gana, Mali va Tanzaniya kabi mamlakatlarda amalga oshirilmoqda. Janubiy Afrika 5000 metrik tonna zaxiralari bilan qit’ada yetakchilik qilib kelmoqda.

B.Muhammadiyeva tayyorladi.