Qidiruvda bo‘lgan shaxs Toshkentda ushlandi
Joriy yilning 14 may kuni Nukus shahar IIB tomonidan qidiruvda bo‘lgan shaxs Toshkentda qo‘lga olindi. Bu haqda IIV matbuot xizmati xabar berdi.
14 may kuni soat 19:00 da Uchtepa tumani “Farhod dehqon bozori” oldida bir noma’lum shaxs bemaqsad yurganligi ichki ishlar organlari xodimlarida shubha uyg‘otib, oldiga borib shaxsini tasdiqlovchi hujjatini tekshirmoqchi bo‘lganlarida qochib ketishga uringan.
Lekin xodimlarning tezkorligi natijasida ushbu shaxs ushlanib, Uchtepa tumani 7-ichki ishlar bo‘limiga olib borilib, shaxsiga aniqlik kiritilganda, ushbu shaxs Xorazm viloyati Xiva tumani, Oq-Yop QFYda ro‘yxatda turuvchi, 1974 yilda tug‘ilgan D.P. ekanligi aniqlangan. IIV axborot markazidan tekshirilganda, u 2020 yil 11 apreldan buyon Nukus shahri IIB tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qidiruvda ekanligi aniqlangan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.